O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12 iyuldagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan ma’ruzasidan kelib chiqqan holda O‘zLiDeP fraksiyasi o‘z faoliyatini tubdan yaxshilash borasida faol ish olib borayotganligini kecha va bugun o‘tkazilgan yalpi majlisdagi fraksiyamiz a’zolarining ishtirokida ko‘rish mumkin.
Ikki kun davom etgan yalpi majlis kun tartibida ko‘rib chiqilgan qonun loyihalarining 6 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan bo‘lib, ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqishda fraksiyamiz a’zolaridan Sh.Bafaev, M.Xodjaeva, E.Shukurov, I.Xodjiev, Z.Xaniyazov, R.Xakimovlar faol qatnashdilar. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasiga kiritilgan boshqa qonun loyihalari yuzasidan mas’ul etib biriktirilgan 15 nafar fraksiyamiz a’zolari E.Xolbo‘taev, R.Kusherbaev, G.Xudoyarova, Sh.Sharafutdinov, A.Hamraqulov, I.Xodjiev, A.Matyakubov, T.Eshnazarov, P.Sveshnikov, S.Ismoilov, Q.Ergashev, I.Zokirov, N.Xalilova, V.Svetkov, Z.Xaniyazov mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonun loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdi.
Yalpi majlisda muhokama qilingan Qonun loyihalari xususida gap borganda, partiyamiz platformasiga to‘la mos bo‘lgan, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy asos bo‘luvchi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu qonun respublikada tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining ustuvorligi prinsipini ta’minlashning amaliy choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan 26 yil davomida mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning o‘ziga xos tizimi yaratildi. Xususan, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish borasida 2000 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi alohida e’tirofga loyiq.
Qonun loyihasini ko‘rib chiqishda uni konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda fraksiyamiz tomonidan Vakilning huquqlarini yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi. Masalan, Vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi Plenumi, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan majlislarida ishtirok etishi, shuningdek, tadbirkorlik yo‘nalishida jinoyat sodir etib gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlangan tariqasida ushlab turilgan yoki qamoqda saqlanayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarni ushlab turilgan joylarga moneliksiz kirishiga oid takliflar ilgari surildi.
Kun tartibida ko‘rilgan qonun loyihalari qatorida “Bank siri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi fraksiyamiz a’zolari tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlanib, uni takomillashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirib o‘tilgani fraksiyamizning partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish doimiy e’tibor markazida ekanligini ko‘rsatadi.
Yalpi majlisda jamiyat hayoti uchun muhim bo‘lgan yana bir qonun loyihasi, ya’ni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi muhokama etilib, konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur qonun loyihasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosida O‘zLiDeP tuzilmalari ishtirokini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasida ham o‘z aksini topgan.
Jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada erkinlashtirish va isloh qilish jarayonlari izchil davom ettirilmoqda. Qaysi soha yoki tarmoqda bo‘lmasin, dolzarb muammolar aholimiz bilan ochiq muhokama qilinib, ularning eng to‘g‘ri echimi ham masalani joyida o‘rganilganda topilmoqda. Masalan, joylardagi uchrashuvlar jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashdagi muammolar kuzatilib, mazkur qonun loyihasi ularning echimi uchun xizmat qiladi.
Jumladan, ushbu qonun loyihasi:
Birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy usullarini, ya’ni interaktiv usullardan kengroq foydalanishni yanada takomillashtirishni nazarda tutilayotganligi;
Ikkinchidan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini nashr etib borilishligi;
Uchinchidan, fuqarolarni sayyor yoki videokonferensaloqa yordamida masofaviy qabul qilish tartibi belgilanayotganligi;
To‘rtinchidan, “Xalq qabulxonasi”ga oid qoidalar joriy etilayotganligi;
Beshinchidan esa, “Ishonch telefonlari” orqali murojaatni qabul qilish va ko‘rib chiqish kabi masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Umuman olganda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi kun tartibidagi barcha qonun loyihalarining deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etilishi jarayonining markaziy televidenie orqali xalqimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi, parlamentdagi har bir partiya fraksiyalarining pozisiyasidan aholining xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “milliy parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi” yo‘lida tashlangan amaliy qadamlardan biridir.
Sodiqjon TURDIEV,
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»