
Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud, deb yozadi Qalampir.uz nashri Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga asosan.
3 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +22... +24 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 12-17 metr tezlikda esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 kechasi esa +22... +27 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 5-10 metr soniyani tashkil etadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +22... +27 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +31... +36, kechasi +22... +27 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 5-10 metr tezlikda esishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 daraja tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +34... +39 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar