17:31 / 05.08.2017
6 281

Dam olish kuni uchun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Dam olish kuni uchun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi.

6 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +35... +37, kechasi esa +20... +22 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +33... +38 daraja, kechasi esa +18... +23 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 3-8 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kunduzi havo kutilganidan ham issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo issiq bo‘lib, harorat kunduzi +35... +40, kechasi +20... +25 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 darajani tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +35... +40 daraja, kechasi esa +22.. +27 darajaga tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kuni uchun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing