
2017 yilning 25 avgustiga qadar Toshkent metropolitenining barcha stansiyalariga elektr energiyasini tejovchi chiroqlar o‘rnatiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" UK vakili Xalqaro Press-klubning “O‘zbekiston temir yo‘llari: yangi loyihalar va zamonaviy xizmat” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida xabar qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Darhaqiqat, metropolitenning ayrim stansiyalari ichida chiroqlarning etishmasligi, buning natijasida binoning ayrim qismi qorong‘ulashib qolishi sir emas. Vakilning so‘zlariga ko‘ra, ayrim stansiyalar, jumladan, O‘zbekiston, Chilonzor, Mashinasozlar bekatlari yoritgichlar bilan to‘liq ta’minlanadi. Hozirda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kerakli ishlar bajarilmoqda. 25 avgustdan barcha stansiyalarga yorituvchi chiroqlar o‘rnatiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda kuniga 200 mingdan oshiq aholi Toshkent metrosi xizmatidan foydalanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar