O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasida O‘zbekiston va Turkiya aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Uchrashuvda aviatashuvlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikning yangi jihatlari muhokama qilindi. Turkiya Respublikasi Transport, dengiz ishlari va kommunikasiyalar vazirligi fuqarolik aviasiyasi bosh boshqarmasi bosh direktori Baxri Kesichining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish Turkiya tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda yangi yo‘nalishlarni ochish va havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama Kelishuvga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama etildi. Tomonlar ikki davlatning tayinlangan aviatashuvchilari o‘rtasida tijorat hamkorligi bo‘yicha masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Maslahatlashuvlar yakuni bo‘yicha majlis Bayonnomasi imzolandi, unga muvofiq ikki davlatning tayinlangan aviakompaniyalariga Samarqand va Istanbul shaharlari o‘rtasida 2017-2018 yilgi qishki navigasiya davrida haftasiga bir marotaba muntazam reysni, yozgi jadvaldan boshlab esa – har bir aviatashuvchi tomonidan haftasiga ikki parvozni amalga oshirish huquqi berildi. Shu bilan birga, Toshkent hamda Istanbul o‘rtasida amalga oshiriluvchi reyslar soni o‘zgarishsiz qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar