O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 15 avgustda “O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi faollar kengashining O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasini O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi sifatida qayta tashkil qilish haqidagi qarori ma’qullandi.
Quyidagilar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
xalqimizning estetik talab va ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda, zamonaviy ruhdagi badiiy yuksak asarlar yaratish, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlar rivojiga alohida e’tibor qaratish;
yosh kompozitorlar, bastakorlar va musiqashunoslar, barcha ijrochilarning ijod bilan samarali shug‘ullanishlari uchun imkoniyat va sharoitlarni kengaytirish;
mamlakatimizning madaniy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda musiqa san’ati sohasida ijod qilayotgan barcha ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, musiqiy ta’lim-tarbiya sohasini takomillashtirish, mumtoz va zamonaviy musiqa san’atini targ‘ib qilish jarayonlarida faol ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan ijodiy hamkorlikni kuchaytirish, turli ijodiy tanlovlar o‘tkazish, bastakorlar ijodini rag‘batlantirishga qaratilgan konsertlar, festivallar, ijodiy kechalar va boshqa madaniy-ma’rifiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
xalqaro madaniy va musiqiy hamkorlik doirasini kengaytirish, yosh kompozitor, bastakor va musiqashunoslarni zamon talablari darajasida tayyorlash, chet davlatlardagi taniqli kompozitorlar va musiqashunoslar bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida soha vakillari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Nizom talablari asosida Uyushma a’zolari safini yosh iste’dodli kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslar bilan to‘ldirib borish.
O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullandi.
Uyushma va uning hududiy bo‘limlarining faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbai etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
Bu borada Uyushma va uning hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Fondga ajratiladigan byudjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma hududiy bo‘limlarining aniq manzillar bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uyushma a’zosi bo‘lgan faol kompozitor va bastakorlar, musiqashunoslarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joy yoki er uchastkalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
“Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Do‘stlar klubi”ga rahbarlik qilish yuzasidan bildirgan tashabbusi ma’qullandi. “Asakabank” aksiyadorlik tijorat bankining O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 69-uyda joylashgan Uyushma binosini ta’mirlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha atoqli namoyandalarining elektron arxivini va maxsus fonoteka, ovoz yozish studiyasi hamda “Musiqa ijodkorlari” muzeyini tashkil etishda homiylik yordami ko‘rsatish haqidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Uyushma tavsiyasi bilan uning faol a’zolarini xorij davlatlariga malaka va tajriba almashish uchun Fond hisobidan xizmat safarlariga yuborish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...