
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha hozirda O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘rtacha 35 daraja issiqni tashkil qilmoqda. 20 avgust kuni ham ana shu harorat saqlanib qolishi kutilmoqda.
Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi +32...+34 daraja, kechasi +15...+17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hamda Farg‘ona vodiysida harorat 30-35 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham harorat kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi esa 17-22 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar