Toshkent shahridagi «O‘rtasaroy» qabristonida yong‘in yuz berdi. Bu haqda «Potrebitel.uz» guruhiga tayanib «Daryo» nashri ma’lum qildi.
«Bugun, 26 avgust kuni (u yerda) juda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Juda ko‘plab qabrlar yonib ketdi. Alanga koreys qabristoni tomonidan keldi. U yerda deyarli hamma qabrlar kuyib ketdi. 1,5 soatdan keyin bitta o‘t o‘chirish mashinasi keldi», — deb yozdi guruh foydalanuvchilaridan biri.
U qarindoshlari ushbu qabristonga dafn etilgan kishilarni kelib, ularning qabrini qayta tiklashga chaqirib qoldi.
Postga qarindosh-urug‘lari ushbu qabristonga ko‘milgan ko‘plab foydalanuvchilar izoh yozib, ularga tegishli qabr yongan-yonmaganiga qiziqdi. O‘zlari chet elda bo‘lgan ba’zi kishilar qabristonga bormoqchi bo‘lganlardan o‘z qarindoshlarining qabri joylashgan kartalardan xabar olishni so‘rab qoldi.
Foydalanuvchilardan biri yozishicha, bugun, 27 avgust kuni qabriston ma’muriyatiga qo‘ng‘iroq qilganida, ular yong‘in haqidagi xabarni hayrat bilan qabul qilgan. Barcha kartalar bus-butun ekanligini va faqat nomsiz karta yonganligini ma’lum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...