date

Xalq bankining Qo‘shtepa tuman filiali qariyb 1.5 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Xalq bankining Qo‘shtepa tuman filiali qariyb 1.5 mlrd so‘m jarimaga tortildi

2014 yilning 24 sentyabrida Farg‘ona viloyati davlat boshqarmasi va Qo‘shtepa tuman DSI bo‘limi tomonidan aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” Qo‘shtepa tuman filiali o‘tkazilgan tekshiruv natijasida ushbu muassasa 1.342 mlrd so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashriga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

Aytilishicha, bunga filial tomonidan olib borilgan noqonuniy moliyaviy operasiyalar sabab bo‘lgan. Jumladan, turli qalloblik yo‘llari bilan 315.7 mln so‘mlik soliqlar davlatga to‘lanmay qolgan.

Bundan tashqari, turli xususiy korxonalar bilan kelishuv asosida shunga o‘xshagan noqonuniy ishlar olib borilgan. Buning oqibatida “Xalq banki” 1.3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xalq bankining Qo‘shtepa tuman filiali qariyb 1.5 mlrd so‘m jarimaga tortildi