Sirdaryo viloyatida yangi savdo majmuasi va bozor quriladi

O‘zbekiston hukumati “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududida zamonaviy savdo majmuasi va dehqon bozori qurish” bo‘yicha loyihani tasdiqladi.
Hujjatda aytilishicha, 18,931 mlrd so‘mlik ushbu loyiha buyurtmachilari «Sirdaryo Guliston savdo kompleksi» MChJ va «Guliston shahar dehqon bozori» MChJ hisoblanishadi.
Qarorda ushbu loyiha yuqorida ko‘rsatilgan buyurtmachilar tomonidan moliyalashtirilishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, Boyovut tumani Sirdaryoning yirik tumanlaridan biri hisoblanib, markazi Boyovut shahri hisoblanadi. Tumanda 107,8 ming kishi istiqomat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing