IIV poytaxtimizdagi Biznes markazi binosida sodir bo‘lgan yong‘in sabablarini ma’lum qildi

IIV tomonidan 18 centyabr kuni Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan 12 qavatli Biznes markazi binosida yuz bergan yong‘in sabablarini ma’lum qilindi.
Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha, 18 centyabr kuni taxminan soat 18 dan 46 daqiqa o‘tganda Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Markaziy dispetcherlik xizmatiga shaharning Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan 12 qavatli Biznes markazi binosining tashqi tomonida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga poytaxtning yong‘in o‘chirish qismi xodimlari tezda etib borishgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida soat 19 dan 33 daqiqa o‘tganda yong‘in qurshab olingan va tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijasida yong‘in binoning isitish tizimida olib borilgan payvandlash ishlari paytida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing