15:14 / 18.09.2017
7 290

Suyultirilgan gaz aholiga yagona narxda sotiladi

Suyultirilgan gaz aholiga yagona narxda sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi «Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitlarida iqtisodiyotning bazaviy sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3253 sonli qarori e’lon qilindi. Norma.uz eksperti Oleg Zamanovning ushbu qarorga sharhi e’lon qilindi.

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Fondi kreditlari bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekenergo» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJning 1.09.2017 yildan 31.12.2018 yilgacha bo‘lgan davrda so‘ndirilishi lozim bo‘lgan majburiyatlari restrukturizatsiya qilindi. 1 sentyabr holatiga asosiy qarzni so‘ndirish, foiz to‘lovlarini to‘lash va muddati o‘tgan qarzdorlik 4 yilga kechiktiriladi.

Ikkinchidan, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zagrokimyohimoya» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning 1.07.2017 holatiga undirilishi umidsiz debitor va kreditor qarzdorliklari hisobdan chiqariladi. Shuningdek, 2016 yilda tugatilgan fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi sohalar oldidagi qarzdorliklari qoldig‘i ham hisobdan chiqariladi.

Uchinchidan, 2016–2018 yillar yakunlari bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zbekko‘mir» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan davlat ulushi bo‘yicha dividentlar O‘zbekiston investitsion dasturiga kiritilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirishga kapitalizatsiya, shuningdek, investitsiya maqsadlariga jalb qilingan kredit va qarzlarni so‘ndirishga ishlatiladi.

To‘rtinchidan, 10.09.2017 yildan boshlab, butun mamlakat bo‘ylab aholi uchun suyultirilgan gaz sotishning yagona narxi o‘rnatiladi. 1.10.1994 yildan buyon aholiga suyultirilgan gaz shartnoma (erkin) narxlarda sotilib kelinayotgan edi.

Beshinchidan, qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib beriluvchi, qazib oluvchi korxonalarning rentabellik darajasiga yetishini ta’minlovchi uglevodorod xomashyosining tariflari miqdori 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 oktyabridan e’tiboran:

neft mahsulotlariga hisoblangan aksiz soliqlari summasi 1.01.2020 yilgacha «O‘zneftmahsulot» AJ neftni qayta ishlash zavodlari tasarrufida qoladi va uglevodorod xomashyosi importini moliyalashtirish va shu maqsadda jalb qilingan kreditlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, milliy valyuta ayriboshlash kursining o‘zgarishi munosabati bilan manfiy kurs farqini qoplash uchun mablag‘lar maqsadli ravishda yo‘naltiriladi;

«O‘zbekenergo» AJning issiqlik elektr stansiyalari va markaziy qozonxonalari uchun yer usti va yer osti suv resurslaridan olingan suv hajmini soliqqa tortish maqsadida, qayta quyib yuboriladigan suv hajmiga ko‘ra kamaytiriladi;

O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Fondi kreditlarini taqdim etish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek, uning kreditlarini restrukturizatsiya qilish faqatgina Prezident qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra, iqtisodiyotning asosiy sohalari tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat komissiyasi tashkil etilgan. U aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarning tashkiliy tuzilmalari va xodimlari sonini optimallashtirish, 1.07.2018 yilgacha mustaqil moliyaviy audit, aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tarkibiga kiruvchi davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning boshqaruv tizimi, texnik va texnologiya holatini baholashni yakunlash ishi bilan shug‘ullanadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Suyultirilgan gaz aholiga yagona narxda sotiladi