O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig‘i asosida Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da joylashgan Cisco kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘lishdi. Bu yerda kompaniyaning strategiya, texnologiya va innovatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Dag Vebster bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.
Uchrashuv chog‘ida Cisco vakillari kompaniyaning jahon miqyosida iqtisodiyotni raqamlashtirish, kiberxavfsizlik bo‘yicha yechimlari, "internet buyumlar" (IoT) tendensiyasiga asoslangan "aqlli" va xafsiz shahar loyihalari yuzasidan nuqtai nazariga oid taqdimot, shuningdek jamoaviy hamkorlik va muloqotni o‘rnatishga oid IT-takliflari bilan chiqish qildilar.
Cisco hamda vazirlik o‘rtasida O‘zbekistonda xavfsiz va "aqlli" shaharni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kelishuvlar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra istiqbolda quyidagi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish belgilab olindi:
- "Aqlli shahar" (smart city) hamda "internet buyumlari" (IoT) konsepsiyasini ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish;
- Kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi boshqaruv amaliyotini takomillashtirishda hamkorlik qilish;
- O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarda ishtirok etish;
- Keng polosali internetga ulanish sohasida qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashish.
1984 yilda asos solingan Cisco kompaniyasi tarmoqli texnologiyalar, aholi va muassasalar uchun ilg‘or muloqot va aloqa almashish platformalarini ishlab chiqishda jahonda peshqadam hisoblanadi. Kompaniyaning 2016 yilda texnologiyalar va xizmatlarni sotishdan olgan daromadi 46 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi