2017 yilning 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlar alimentlar to‘lovini ta’minlashga doir amaldagi qonun hujjatlarida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni va samarasiz mexanizmlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasini ham ko‘rib chiqdilar.
Keyingi paytlarda, majlisda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga fuqarolarning alimentlar o‘z vaqtida to‘lanmasligi masalalariga doir murojaatlari va ushbu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar soni oshgan. Bundan tashqari, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni chet elga chiqishga doir cheklovni olib tashlash uchun alimentlarni oldindan to‘lash yoki alimentlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish imkonini beruvchi norma bilan to‘ldirilmoqda. Shunday qilib, alimentlar to‘lashi shart bo‘lgan shaxslarning xorijga chiqish huquqlarini amalga oshirish uchun, alimentlar olish huquqiga ega bo‘lgan bolalarning manfaatlarini buzmagan holda, shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Majlisda ko‘rib chiqilgan boshqa qonun loyihasi oilaviy ajralishlarning oldini olishga, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan mahallalarning tutgan o‘rnini kuchaytirish orqali oldini olishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda fuqarolar yig‘inlari huzurida yarashtirish komissiyalari ish yuritayotgan bo‘lib, ular faoliyatining asosiy maqsadi oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishdan, oilaviy nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqishdan iborat. Shuni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sudlar va FHDYo organlari tomonidan ularning ish yurituvida nikohdan ajratish bilan bog‘liq ishlar mavjudligi to‘g‘risida yarashtirish komissiyalarini xabardor qilishga doir qoidalarni belgilashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda. Bu, o‘z navbatida, yarashtirish komissiyalariga ajralishlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi.
Qiziqarli bahs-munozara ruhida o‘tgan majlis davomida ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihalari yuzasidan deputatlar birlashmalari o‘z nuqtai nazarlarini bildirdilar.
Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot