17:54 / 25.09.2017
6 878

Toshkentda 103 ming tup daraxt o‘tqaziladi

Toshkentda 103 ming tup daraxt o‘tqaziladi
Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ–3262-son qarori bilan 2018-2020 yillarda avtomobil yo‘llarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va shaharlar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish dasturi tasdiqlandi.

Norma.uz sayti yozishicha, 3 yil ichida yo‘llar bo‘ylab 1,6 milliontadan ortiq, shahar ko‘chalarida esa 782 ming (ularning 103 tasi poytaxtimizda) daraxt va butalar o‘tqazish rejalashtirilgan. Dasturda qarag‘ay, zarang, eman, kashtan, shumtol, archa kabilar manzarali ko‘chatlar sifatida ko‘rsatilgan.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga (Qo‘mita) avtomobil yo‘llariga yondosh hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. Qo‘mita huzuridagi «Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish» UK «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» UKga aylantirildi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtoyo‘llarni, shuningdek, shartnoma asosida shaharlarning tegishli ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘rsatilgan korxonaning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

«O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» UK direktori Qo‘mita raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Qo‘mita tuzilmasida avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etildi (6 nafar).

Korxona Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 68-uy manzilida joylashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 103 ming tup daraxt o‘tqaziladi