11:03 / 26.09.2017
6 300

Rossiya O‘zbekistonga shakar eksport qilishni boshlaydi

Rossiya O‘zbekistonga shakar eksport qilishni boshlaydi
Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar rossiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakarni eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Rossiya tomonining tashabbusi respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va u «yetkazib berish uzoq muddatli asosda amalga oshiriladi», deb ishonch bildirdi. Bu haqda Kommersant nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining veb-saytidagi xabarga ko‘ra, shartnoma Rossiyaning shakar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat kompaniyasi tomonidan imzolangan.

«Rossiya va O‘zbekistonni an’anaviy do‘stona munosabatlarga bog‘lab turadi, mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik esa iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi», deya Tkachevning so‘zlarini keltiradi Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, vazirlikdan aytishlaricha yana ikkita hujjat imzolandi: Rossiya Kartoshka uyushmasi, «O‘zbekoziqovqatxolding» va Qirg‘iziston Sanoatchilar hamda tadbirkorlar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama bitim hamda Rossiya Kartoshka uyushmasi va O‘zbekistonning Sanray Agro Plus o‘rtasida O‘zbekiston hududida urug‘lik kartoshkasini yetishtirish bo‘yicha urug‘chilik markazini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma faoliyat to‘g‘risida bitim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiya O‘zbekistonga shakar eksport qilishni boshlaydi