13 403
Tarbiyachilarning maoshlari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariniki bilan tenglashtiriladi
Bugun Milliy matbuot markazida “Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda «Darakchi» nashri.
Matbuot anjumanida o‘tgan davr mobaynida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ma’lumot berdi.
Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilishdi. Ana shunday savollardan biri o‘qituvchilarning maoshlari oshirilishi yuzasidan bo‘ldi.
“Mehnat qadrlanishi kerak, albatta. Agar mehnat rag‘batlantirilmasa, natija samarali bo‘lmaydi. Prezidentimiz bizga topshiriq berganlar, hozir birinchi navbatda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining oylik maoshlarini qayta ko‘rib chiqyapmiz. Agar 5-6 yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oylik maoshini boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchilarining oylik maoshi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ularning qariyib ikki baravar kam ekanligini ko‘rish mumkin. hozir hisob-kitoblarini qilib, kelasi yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyachilarining oylik maoshlarini boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining oylik maoshlari bilan tenglashtirish bo‘yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Prezident qaroriga asosan keyingi yildan ularning oylik maoshlari oshadi. Maktab o‘qituvchilarining oyliklarini oshirish ham rejada bor. Prezidentimiz joylarda uchrashuvlar o‘tkazar ekan, birinchi navbatda o‘qituvchilarni hamda shifokorlarning oylik maoshlarini oshirish masalasini ko‘rib chiqamiz deya qayd etdilar. Hozirda bizda rag‘batlantirish raqobat tizimi bor. O‘qituvchi rag‘batlaniruvchi manbalardan foydalanishi uchun o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshuv tizimi shakllantirilgan”,
deya javob berdi Xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"