
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 oktyabr, dushanba kuni Chorvoq va Chimyonda yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Xabar berishlaricha, Chorvoqda 2 oktyabr kuni havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 5—10 metrni tashkil etadi. Havo harorati kechasi +2…+4 daraja, kunduzi +12…+14 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Chimyonda ham dushanba kuni havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 5—10 metrni tashkil etadi. Havo harorati kechasi +1…+3 daraja, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qamchiqda 2 oktyabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi soniyasiga 5—10 metrni tashkil etadi. Havo harorati kechasi 0…+2 daraja, kunduzi +6…+8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.