Kecha, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tib, unga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchilik qildi.
Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisini 4 oktyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi, deb yozadi Qalampir.uz.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2017 yil 5 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunning qabul qilinishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Mazkur hujjat 28 sentyabr kuni parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan edi.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5–6 sentyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”ni) ijro etish maqsadida Davlat chegaralari to‘g‘risidagi Shartnoma ishlab chiqilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi