Alisher Navoiy, Islom Karimov shohko‘chalari hamda Furqat va Olmazor ko‘chalari o‘rtasidagi 80 gektar maydonda joylashishi mo‘ljallangan «Tashkent City» xalqaro biznes markazining konsepsiyasi tasdiqlandi.
Biznes markazning Facebook’dagi sahifasida ta’kidlanishicha, «Tashkent City» konsepsiyasi seysmik holat, Toshkent shahrining arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyodagi shaharsozlik qurilishining barqaror an’analarini hisobga olgan holda, tabiat va zamonaviy urbanistik g‘oyalar uyg‘unligida ishlab chiqilgan.
Biznes ofislar, mehmonxonalarga mo‘ljallangan binolarni zamonaviy texnologiyalar asosida 40 qavatdan baland bo‘lmagan qilib, turar-joylarni esa 12 qavatdan yuqori bo‘lmagan tarzda qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bu yerda konferensiya va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar, yer osti avtoturargohlari barpa etilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tashkent City Xalqaro biznes markazini qurish bo‘yicha Ma’muriy kengashga rahbarlik qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi