date

Navoiyda egizaklar uchligi tug‘ildi, to‘rtlik tug‘ilishi kutilmoqda

Navoiyda egizaklar uchligi tug‘ildi, to‘rtlik tug‘ilishi kutilmoqda

17 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 29 yoshli Qizlarxon Jumaeva biryo‘la uchta farzand ko‘rdi. Bolalarga Hasan, Husan va Egamberdi ismlari qo‘yildi. 25 sentyabr kuni ona uyiga qo‘yib yuborildi.

“Bu biz uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi, - dedi Jumaeva “Znamya drujbы” nashriga bergan intervyusida. – Turmush o‘rtog‘im bilan ikkita qizni tarbiyalab kelayotgan edik. O‘g‘il xohlayotgan edik. Biryo‘la uchta o‘g‘il ko‘rdim”.
Bolalarning vazni 2 200, 2 600 va 2 800 gr ni tashkil qiladi. Ular bir yoshgacha maxsus nazorat ostida bo‘ladi.

“Bu bizning muassasamizda ko‘p kuzatiladigan holat, - dedi viloyat perinatal markazi bosh neanatologi Erkin Safarov. – O‘tgan yilning mart oyida ham uchlik dunyoga kelgan edi. Hozir markazda Navbahor tumanidan kelgan homilador ayol yotibdi, u dunyoga birato‘la to‘rtta egiz farzandni keltirishi kutilmoqda”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda egizaklar uchligi tug‘ildi, to‘rtlik tug‘ilishi kutilmoqda