2018/2019 o‘quv yilida test jarayoni 15 kun davomida o‘tkaziladi va uning javoblari imtihon yakunlangan kundan keyingi kunda chiqadi. Bu haqda «Yoshlar» telekanaliga Davlat test markazi direktori Majid Karimov intervyu bergan.
«Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. Bu bo‘yicha hozirda katta ishlar olib borilyapti. Ya’ni, yangi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, test materiallarini abituriyentlarning o‘ziga berish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan. Shuningdek, test jarayonini katta pavilon, sport majmualarida o‘tkazish, oshkoralikni ta’minlash uchun videokuzatuv hamda onlayn translyatsiyalarni tashkil qilish vazifalari ham qo‘yilgan», - deydi DTM rahbari.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda davlat qabul imtihonlari turli ko‘rinishda, jumladan ekspo-ko‘rgazmalar pavilonida ham tashkil etildi. Ammo, test natijalari e’lon qilingach, bir nechta universitetlarda imtihonlarning shaffof o‘tganini shubhada qoldiruvchi dalillar paydo bo‘ldi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi