Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi

Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Telegraf.uz saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ayni kunlarda Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish ishlari davom etmoqda. Angrendan Orzu, Chodak va Pop-2 stansiyalariga qadar bo‘lgan joyda elektrifikasiya ishlari yakunlandi. Qurilishning umumiy masofasi 123.4 km ni tashkil qiladi.
Bugungi kunga qadar 6 stansiya, 2 vokzal, 285 muhandislik inshootlari, 19 ko‘prik qurildi. Andijondan Toshkentgacha bo‘lgan sayohat 5 soat vaqtni olishi xabar qilinmoqda.
Andijonda qurilayotgan vokzal 350 yo‘lovchiga bir paytda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Kelajakda uning kengaytirilishi ko‘zda tutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing