7 157
2016 yilda namunali uylarni sifatsiz qurgan 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan
Milliy matbuot markazida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi hamkorligida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qurilayotgan uy-joylar va obyektlarning sifati bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Uz24» xabar berdi.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Fayzullo Islomovning ma’lum qilishicha, 2009-2016 yillar davomida 69 ming 557 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurildi. Biroq qurilish tashkilotlari aybi bilan sifatsiz qurilgan uylar ham bor. Aholidan bu uylarning sifati borasida tushgan noroziliklar o‘rganilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator qurilish tashkilotlari javobgarlikka tortildi. Xususan, 2016 yilda 17 pudrat tashkilotining ishi sudga oshirilgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, sifat borasidagi muammolarning oldini olish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun uy-joylarni qurish bilan shug‘ullanayotgan korxonalarning 5 foiz mablag‘i bir yildan keyin ularning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi. Bu mablag‘ning ushlab turilishiga sabab, agar shu davrda yangi uy-joyda yashayotgan aholidan sifat borasida murojaatlar tushsa, mablag‘ ta’mirlash ishlariga sarflanadi. Bunday shikoyatlar bo‘lmagan taqdirda yillik muddatdan keyin qurilish tashkiloti bu mablag‘ni qaytarib olishi mumkin.
Anjumanda qayd etilishicha, endilikda uy-joylar sifatini yanada yaxshilash maqsadida yangi maxsus komissiya tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2017 yilda 15 mingta uy-joy qurilishi ko‘zda tutilgan. Aholi talabiga asosan qo‘shimcha ravishda yana 4 ming 610 ta uy-joy qurish mo‘ljallanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi