«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalarni internet orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi

2015 yilning 12 oktyabr kunidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poezdlari uchun chiptalarni elektron shaklda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Endilikda elektron chiptalarni «Uzkart» yordamida xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun MBANK to‘lov tizimi ma’lumotlarini tekshirish talab qilinadi.
To‘lovlar bank hisoblariga so‘m valyutasi vositasida mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. To‘lov xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus shifrlashdan (SSL) foydalaniladi. To‘lov amalga oshirilgach, chiptalarning sotib olingani uzrailway.uz sayti orqali ro‘yxatga olinadi (bepul).
O‘zbekistondagi barcha elektron biletlar sotish shoxobchalarida xizmatlar bepulga ko‘rsatilishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing