Turkiya Milliy assambleyasi sobiq deputati Sodiq Badak yaqin orada O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.
Sodiq Badak o‘z mamlakatida turizmni rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga tashrifi davomida uning nomzodi ilgari surilgandi.
Mutaxassis mamlakat hududlarining turistik infrastrukturasini rivojlantirishda ishtirok etadi. Qonun loyihalarini mukammallashtirish ishlarida takliflarini bildiradi.
Sodiq Badak, shuningdek, O‘zbekiston uchun salohiyatli chet el bozorini o‘rganish ishlarida ham qatnashadi. Yangi turmahsulotlar yaratish ishlariga, shuningdek, turistik brendlar rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”