Oktyabr oyida hh.uz (Headhunter Job Index) portalida joriy yilning sentyabr oyiga nisbatan 258 foizga ko‘p (4 baravar ko‘p) vakansiya joylashtirildi, bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy ulushi esa Toshkent shahrida nashr etildi.
O‘zbekistonning eng talabgor professional sohalari
Manbaga ko‘ra, oktyabr oyida O‘zbekistonning eng talabgor professional sohalari "Sotuvlar" bo‘lgan, barcha vakansiyalarning 21,3 foiz ulushi shu sohaga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi o‘rinda "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" - 10,1 foiz. Uchinchi o‘rin 9,0 foiz ko‘rsatkich bilan "Marketing" sohasiga tegishli, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa 8,4 foiz ulush bilan "Ma’muriy personal" va "Ishlab chiqarish" sohalari bo‘lishib oldi.
Eng yaxshi haq to‘lanuvchi professional sohalar
Oktyabr oyida portaldagi eng yaxshi haq to‘lanuvchi professional sohalardan biri "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" bo‘ldi. Bu yerda maksimal ish haqlari qayd etilgan, soha ish beruvchilari nomzodlarga 5 000 000dan 12 750 000 so‘mgacha maosh to‘lashga tayyor.
IT-texnologiyalar doim eng talabgor va tez rivojlanuvchi sohalardan biri hisoblanadi. Bu soha mutaxassislariga bo‘lgan talab haddan ziyod yuqori, ish haqi ham shunga yarasha.
Ish beruvchilar IT-mutaxassislar pozitsiyalarida a’lo darajali professional ko‘nikmalar va zarur ish tajribasiga ega nomzodlarni ko‘rishni istashadi.
Ikkinchi o‘rindan "Oliy menejment" sohasi mutaxassislari joy oldi. Bu yerda ish beruvchilar nomzodga oyiga 4 milliondan 13 millionga yaqin pul to‘lashga tayyorlar. Nomzodlar aniq maqsad va vazifalar qo‘yib, natijalarga erisha biluvchi kuchli boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalariga, rahbarlik lavozimlarida tajribaga ega bo‘lishlari kerak.
Oyiga 8 milliondan oshiq ish haqi yuqori ish samaradorligi va ishtiyoqqa ega ingliz tili bilan ishlovchi kopirayterlar va rerayterlarga taklif qilinadi.
Sotuvlar sohasi mutaxassislariga ish beruvchilar oyiga 5-7 000 000 so‘m taklif qilishmoqda. hh.uz portalida bosh buxgalter va HR-menejerga to‘lanayotgan eng yuqori ish haqi 5 000 000 so‘mni tashkil qiladi.
Marketing va PR-menejeri hamda xaridlar bo‘yicha menejerlar oyiga 4 million so‘mgacha ish haqi olish imkoniga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi