
1-2 dekabr kunlari «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Shuningdek qayd etilishicha, tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 metrni tashkil qiladi. Shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.
2-3 dekabr kunlari havo harorati keskin pasayadi, kechasi 12-17 daraja, kunduzi 7-12 darajagacha sovuqni tashkil etadi.
«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi FVV xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar