8 622
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni Olmazor tumanida joylashgan Akfa Medline tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan tibbiyot markazi bilan tanishgan Prezident O‘zbekistonda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev tarkibidagi delegatsiya Janubiy Koreya OTMlari rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar berilgandi.
Unda Janubiy Koreyaning uch yetakchi universiteti — Seul milliy universiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Korea University) va Yonsey universiteti (Yonsei University), shuningdek, Xanyang texnologiya universitetining (Hanyang University) filiallarini O‘zbekistonda ochish masalalarini ko‘rib chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi