O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi

O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda Norma.uz saytiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aytilishicha, hukumatning 22 oktyabrdagi qarori bilan “Mansabdor shaxslarning chet el davlatlariga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yildagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi viza stikerini talab qiladigan biror davlatga stikersiz chiqsa, bu ma’muriya javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, boshqa bir davlatda turgan O‘zbekiston fuqarosi tegishli stikersiz uchinchi davlatga chiqishi mumkin bo‘lmaydi.
Shuningdek, ko‘rsatilishicha, fuqaro chet elda yurganida stikerning amal qilish muddati tugashi tufayli O‘zbekistonga kirish chog‘ida ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilmaydi.
Shuningdek, hujjatda O‘zbekistondan tashqaridagi fuqaro pasport olishi va stiker rasmiylashtirishi tartibi takomillashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing