
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2017—2018-o‘quv yili uchun 10-sinfga qo‘shimcha qabul tanlov asosida o‘tkazilmoqda. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Qayd etilishicha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan da’vogarlar nafaqat ta’lim olish uchun qabul qilinadi, balki 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan e’lon qilingan aksiya doirasida imtiyoz va preferensiyalarga ham ega bo‘ladi.
Mazkur aksiya O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan o‘tkazilmoqda.
Maktabning 10-sinfida o‘qish uchun kirish imtihonlarida ishtirok etish istagidagi o‘quvchilar hujjatlari 2018 yil 6 yanvargacha qabul qilinadi. Kirish sinovlari doirasida barcha da’vogarlar maktab dasturi bo‘yicha fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan yozma imtihon topshiradi. Ulardan eng yaxshilari nafaqat maktabga qabul qilinadi, balki qator imtiyozlarni ham qo‘lga kiritadi. Xususan, oylik yo‘l chiptasi va o‘qish davomida foydalanishi uchun shaxsiy kompyuter ham taqdim etiladi. Shuningdek, o‘quvchilar Toshkentdagi Inha universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan fizika, matematika va ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha darslarda ham ishtirok etishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar