13 733
Prezident qarori: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 3454-sonli qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga asosan mamlakatmizning kelgusi yildagi davlat byudjeti parametrlari belgilanib, daromadlari va xarajatlari miqdori, soliqlarning stavkalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yurtimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining 1 baravaridan 5 baravarigacha) 2017 yildagi miqdorda o‘zgarishsiz saqlab qolinib, uchinchi shkalasi (eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha) — 16,5 foiz, to‘rtinchi shkalasi (eng kam ish haqining 10 baravaridan yuqorisi) 22,5 foiz miqdorida, ya’ni o‘tgan yilgiga nisbatan 0,5 foizli punktga pasaytirilgan.
Eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha ya’ni, 172.240 so‘mgacha bo‘lgan daromadlar esa soliqqa tortilmaydi.
E’tiborli tomoni — endi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishda eng kam oylik ish haqining yil boshidagi miqdori (2018 yil 1 yanvar holatiga 172.240 so‘m)dan kelib chiqib hisoblanadi va eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda ham o‘zgarmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi