20:48 / 29.01.2018
5 129

30 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

30 январь куни Ўзбекистонда кузатиладиган об-ҳаво маълумоти
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 30 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -9 ... -7 daraja, kunduzi -2 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -20 ... -15 daraja, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -12 ... -7 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -12 ... -7 daraja, kunduzi -3 ... +2 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -17 ... -12 daraja, kunduzi -10 ... -5 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -12 ... -7 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 30 yanvar kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti