20:41 / 30.01.2018
5 822

Yanvarning so‘nggi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvarning so‘nggi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 31 yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -5 daraja, kunduzi +2 ... +4 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -15 ... -10 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -9 ... -4 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Qarshida havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Termizda esa kechasi -8 ... -3, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -13 ... -8 daraja, kunduzi -6 ... -1 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yanvarning so‘nggi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?