Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun qor yog‘adi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ib o‘tishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun qor yog‘adi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechqurun qor yog‘adi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi