18:08 / 10.02.2018
7 439

Dam olish kuni yurtimizda sayr qiladigan ob-havo kuzatiladi

Dam olish kuni yurtimizda sayr qiladigan ob-havo kuzatiladi
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 11 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -3 ... -1 daraja, kunduzi +11 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -13 ... -8, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qarshida havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Termizda esa kechasi -2 ... +3, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari
da ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +9 ... +14 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kuni yurtimizda sayr qiladigan ob-havo kuzatiladi