O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 fevral kuni mamlakatning sayyohlik salohiyati rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy choralar ko‘rish haqidagi farmonni imzolagandi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, shu yilning 10 fevralidan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi (30 kungacha) mumkin bo‘ldi.
Bugunga qadar faqat Qirg‘iziston (60 kungacha), Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin edi.
Shuningdek, O‘zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi