Vazirlik va idoralar saytida 25 fevralgacha rahbarlarning virtual qabulxonalari yopiladi. Ularga ariza, shikoyat yoki taklif bilan endi O‘zbekiston prezidenti Virtual qabulxonasi sayti orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq 1 fevraldan prezidentning yangilangan virtual qabulxonasi pm.gov.uz internet manzilida test rejimida ishga tushgani xabar berilgandi. Unda har bir foydalanuvchiga shaxsiy kabinet ochish, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob olish imkoni yaratilgan. Virtual qabulxona yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo‘lgan shaklda turli muammo va masalalar bo‘yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi “Onlayn maslahatchi” moduli yaratildi. Bu modul “Ko‘p beriladigan savollar” bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi.
Davlat organlari rahbarlarining onlayn-qabulxonalari ishi to‘xtatish funksiyalar takrorlanishidan qochish imkonini beradi, murojaatlarni ko‘rib chiqish ustidan nazoratni kuchaytiradi va jarayon samaradorligi hamda shaffofligini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi