08:06 / 27.02.2018
3 844

“Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri O‘zbekistonda

«Halal International Tourism» компаниясининг бош менежери Ўзбекистонда
Musulmon olamida luqmaning halol bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Hindiston, Lotin Amerikasi davlatlari, Yangi Zelandiya va Tailand kabi mamlakatlarda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo aholisining taxminan 1,8 milliardi, ya’ni yer aholisining 24 foizini musulmonlar tashkil etadi. Bu ham “Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Halol” standarti qabul qilinishi, yurtimizga ushbu soha bo‘yicha xorijiy ekspertlarni tashrif buyurishiga, tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini yuqori standart talablari asosida ta’minlashga zamin yaratmoqda.

Jumladan, 26 fevral sanasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Ispaniyadan “Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri Tomas Herrero O‘zbekistonga tashrif buyurdi va Qo‘mita rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida “Halol turizm” mavzusida Qo‘mita xodimlari va uning tizimidagi tashkilot vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Tomas Herrero “Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri, IE Business School-Sovereign Wealth Lab, IADB maslahatchisi, “Fletcher” maktabidagi “SovereigNET” tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, Horwath HTL'ning strategik maslahat va madaniy razvedka bo‘yicha direktori, Dinor Standardida Ispaniya va Lotin Amerikasi katta huquqshunosi, Carlos III de Madrid Universiteti Universiteti professori hamda halol sanoati bo‘yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Halal International Tourism” kompaniyasining bosh menejeri O‘zbekistonda