18:45 / 28.02.2018
4 638

Uzbekistan Airways 2017 yilda yo‘lovchi tashish hajmini oshirdi

Uzbekistan Airways 2017 yilda yo‘lovchi tashish hajmini oshirdi
Russian Aviation Insider in Air Transport’ning ta’kidlashicha, O‘zbekiston aviatashuvchisi o‘z ko‘rsatkichlarini 2017 yilda yaxshilagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uzbekistan Airways’ning yo‘lovchi tashish hajmi 9,4 foizga oshdi va 2,7 milliondan ziyod yo‘lovchini tashkil etdi.

2017 yilning birinchi choragida ijobiy dinamika kuzatildi, o‘shanda yo‘lovchi tashish hajmi 2016 yilning shu davriga nisbatan 5,1 foizga oshdi. Uzbekistan Airways yuk tashish hajmini oshirdi, 48,9 ming tonna yuk olib o‘tildi, o‘sish 2016 yil bilan taqqoslaganda 13,7%ni tashkil etdi. Boeing 767-300BCF MAK yuk samolyotlarida 27,4 tonna yuk tashildi.

Yo‘lovchi oqimining oshishi Toshkentdan Dushanbega, Samarqanddan Istanbulga yangi yo‘nalishlar ochilishi, Lahorga parvozlarning tiklanishi, Olmaota va Ostonaga reyslar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways 2017 yilda yo‘lovchi tashish hajmini oshirdi