22:49 / 28.02.2018
30 884

Prezident qarori bilan bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshi oshirildi

Prezident qarori bilan bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshi oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 fevral kuni “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018 yil 1 martdan boshlab — mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga;

b) 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

— tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;

— oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;

— maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirildi.

2018 yil 1 martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qarori bilan bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshi oshirildi