O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. U Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Prezident ma’ruzasida dastavval, viloyat kesimida ish o‘rinlari yaratish haqida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
“Vaqt shiddat bilan o‘tmoqda, kelasi yil ham shularni gapirsak, odamlar bizga ishonmay qo‘yadi. Quruq gap, safsata ekan, deydi. Shuning uchun bu yerga bir samolyot, bir poyezd odamni olib kelganim bejizga emas.
Viloyatda qisqartirilgan 8320 gektar paxta va g‘alla maydonlariga serdaromad, sermahsul sabzavot ekinlarini ekish, bog‘lar, issiqxonalar barpo etish hisobiga 15300 ish o‘rni yaratiladi. Bundan tashqari, 29 ming aholiga o‘z shaxsiy tomorqalaridan foydalanishlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish orqali yana 29 ming kishining bandligini ta’minlash mumkin. Mana men Ishtixon tumanida bo‘ldim. O‘zim bilaman ahvolni. Lekin savol tug‘iladi: Prezident borishi shartmi shu joylarga? Shart. Chunki, hech kimga ishonmayman men. Nima uchun men borayapman, meni atrofimda bo‘lganlar 2 karra ko‘p yurishi uchun. 3 karra ko‘p yurishi uchun”, - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi