«O‘zbekneftegaz» kompaniyasi 1 apreldan aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tariflari oshirilishini ma’lum qildi. Yangi narxlar reyestri 16 mart kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi, deya xabar beradi «Gazeta.uz».
Kelgusi oydan boshlab 10 metr kub tabiiy gaz narxi hisoblagich bo‘lganda 2897,4 so‘m (hozirda 2634 so‘m, o‘sish 10 foiz) etib belgilandi.
Hisoblagich bo‘lmaganda 10 kub metr tabiiy gaz narxi:
Ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun 5010,6 so‘m (hozirda 4555,9 so‘m, o‘sish 9,9 foiz);
Isitish tizimi uchun 2323,7 so‘mni (hozirda 2112,45 so‘m, o‘sish 10 foiz) tashkil etadi.
Oxirgi marta gaz tariflari 2017 yil 15 iyulida oshgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 1 apreldan O‘zbekistonda elektr energiyasi salkam 12 foizga qimmatlashi bildirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi