Prezident 17 mart kuni Samarqandda o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimovga Samarqandda turizmni rivojlantirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish, viloyatga keladigan turistlar sonini 2018 yilda 350 ming nafarga yetkazish (2017 yilgiga nisbatan ikki baravar ko‘p), 2019 yilda esa 500 ming nafarga yetkazish uchun kompleks chora-tadbirlarni to‘liq amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
Turistlar oqimi keskin oshishi tufayli 2018-2019 yillarda Botir Zokirov (Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi), Aziz Abduhakimov va viloyat hokimi hamkorlikda Samarqandda qo‘shimcha 25ta 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar qurilishi ustida ish olib borishi kerakligi belgilandi. Shuningdek, «Afrosiyob Palas» mehmonxonasi kapital ta’mirdan chiqariladi, «Inturist» mehmonxonasi o‘rnida 5 yulduzli mehmonxona quriladi.
«Milliy bank», Iqtisodiyot vazirining investitsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sunnatulla Bekenov va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Botir Zokirovga «Samarqand siti» turizm zonasi qurilishini jadallashtirib, 2019 yil oxiriga qadar ishga tushirish topshiriq qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga ikki hafta muddat ichida Samarqand xalqaro aeroportini yo‘lovchi qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
«Samarqand Siti» qurilishini ham nazoratga oling. Kechagi pullar bekorga berilgani yo‘q, hamma qarorga qo‘l qo‘ydim. «Samarqand siti»ni qilishimiz shart. Keladigan odamlar tariximizga qiziqqani yaxshi, lekin ularga yaxshi sharoit ham qilib berishimiz kerak, odamlar rozi bo‘lishi kerak. Samarqand ham zamonaviy shahar bo‘lishi kerak. Bironta zamonaviy choyxonamiz yo‘q. Yo‘q, Samarqandda. Faqat maqtanamiz Samarqand bilan. Yigirmata choyxona ochish kerak. Agar turistlar sonini 3 millionga ko‘tarmoqchi bo‘lsak. Ko‘tarmasak byudjetga pul tushmaydi. Agar bu pullar bo‘lsa, xalqimiz farovon yashaydi», deya Ramatovga murojaat qiladi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi