Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikdagi o‘z manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Qodirov ilgari O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan tashqari, xabar qilinishicha, podpolkovnik Zokirjon Tohirovich Ahadov O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot organlarida keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirgandi. Jumladan, O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi negizida jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmalari tashkil etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?