00:27 / 31.03.2018
10 873

DXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

DXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organi - Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

Ma’lum qilinishicha, DXX davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradi:

- O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ular barhamga berish;

- O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish, aniqlash hamda ular barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

- O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish;

- O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat kompleksini davlat xavfsizligiga bo‘lgan xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;

- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi, milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;

- iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy-tarixiy hamda boy ma’naviy merosini himoya qilish;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;

- telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligi hamda davlat manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarga shart-sharoit yaratuvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;

- tekshirilishi DXX vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, tergovgacha bo‘lgan tekshiruv va dastlabki tergovni o‘tkazish;

- davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlarining saqlanishi, maxsus aloqaning xavfsizligini ta’minlash hamda axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish ustidan nazorat qilish;

- davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;

- DXXning jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » DXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?