
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonuniga imzo chekdi.
Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tartibga solish maqsadida qabul qilingan qonun 9 bob, 48 moddadan iborat. Qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.
Mazkur qonunning 2-moddasida DXXning asosiy vazifalari belgilangan.
Unda qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar