Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni 15 martda parlament Qonunchilik palatasi qabul qilib, 29 martda Senat tasdig‘idan o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat 6 aprel kuni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilinib, shu kunning o‘zida kuchga kirdi.
Qonunning 37-moddasi «Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlikka ega bo‘ladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
«Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi» deb nomlangan 43-moddada yozilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining g‘ayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan byudjetdan tashqari maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi