
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 9 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +17 ... +19 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +16 ... +21 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +16 ... +21 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +15 ... +20 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar