08:04 / 03.05.2018
4 987

Shavkat Mirziyoyev to‘rtinchi marta Buxoroga borishi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyev to‘rtinchi marta Buxoroga borishi kutilyapti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda yana Buxoro viloyatiga safar uyushtirishi mumkin. Bu haqda «Xabar.uz» xabar berdi.

Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohi yaqinida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yaqinda qayta rekonstruksiyadan chiqdi. Bir necha kunlardan so‘ng muassasasining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ushbu marosimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kelishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif 2018 yil hisobidan Buxoroga amalga oshirilgan to‘rtinchi tashrif bo‘lishi mumkin. Bungacha Shavkat Mirziyoyev 16-17 fevral kunlari viloyatdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida borgan edi.

Keyin ushbu tashrifda belgilangan vazifalarning ijrosini muhokama qilish uchun 19 aprel kuni tashrif buyurgan va videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi.

Uchinchi marta — 1 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan Buxoro viloyatining muqaddas qadamjolari ziyorat qilib, diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan edilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev to‘rtinchi marta Buxoroga borishi kutilyapti